solution icon
Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi
Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi - moliya organlarida budjetni shakllantirish, ijro etish va davlat moliyaviy resurslarini boshqarish jarayonida foydalanishga mo`ljallangan. dmbat.uz
Afzalliklari
  • advantage icon G‘aznachilik biznes-jarayonlarini avtomatizasiyalash modullari
  • advantage icon Daromadlar tushumini avtomatizasiyalash modullari
  • advantage icon Hisoblangan daromadlar hisobini yuritish modullari
  • advantage icon IPSAS hisobotlari
Axborot tizimining maqsadi

Barcha budjet tashkilotlari, budjet mablagʼlarini oluvchilar, maqsadli jamgʼarmalar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, qayta ishlash va boshqarish;

Davlat budjetini rejalashtirish, nazorat qilish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish;

Davlat budjeti daromadlarining hisobini, tushumi va taqsimotini yuritish;

G‘aznachilik operatsiyalarini uzluksiz bajarish;

Budjet parametrlarini boshqarish huquqini tasdiqlangan vakolatlar doirasida   moliya organlari, bo`lim va sektorlarga berish (biriktirish).

Statistika

Loyiha haqida

Oʻzbekistonda 2012-yilda Yagona gʻazna hisobvaragʻi (YGʻH) tashkil etilgan boʻlib, hozirda u ishlamoqda va davlat daromadlari hamda xarajatlarining aksariyat qismini qayta ishlash uchun ishlatilmoqda. Gʻaznachilik va vaqtinchalik Moliya boshqaruvi axborot tizimi (MBA T) daromadlarni har kuni kiritishni hamda hisobvaraqlar boʻyicha kundalik yoki oylik solishtiruv ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa naqd pul nazorati va fiskal shaffoflikni sezilarli darajada yaxshiladi. Biroq, MBA Tning bir nechta modullari (byudjetlashtirish, toʻliq hisoblab yozish usuli, aktivlarni boshqarish, konsolidatsiyalangan hisobot) hali ham ishlab chiqish bosqichida va ayrim byudjetdan tashqari/maxsus byudjet hisobvaraqlarida hamda kvazifiskal operatsiyalarda toʻliq YGʻH/byudjet qamrovi hali ham mavjud emas, bu esa bartaraf etilishi kerak boʻlgan zaiflikdir.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil holatiga koʻra, Yagona gʻazna hisobvaragʻining qamrovi 95,6%ni tashkil etgan. https://gov.uz/oz/imv/sections/konsolidasiyalashgan-budjet-ijrosi

Jamgʻarma tarkibi (2024-yil):

  • Byudjet mablagʻlari: 58%
  • Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari: 24%
  • Davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa mablagʻlar: 11%
  • Bojxona qoʻmitasining depozit hisobvaragʻi: 5%

Hukumatning konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari muntazam ravishda oʻsib bormoqda:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Davlat organlari, tashkilot va korxonalarga tegishli bo‘lgan mol-mulkning markazlashtirilgan elektron hisobini yuritish.
  • opportunity icon Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini monitoring qilish
  • opportunity icon Turli yo‘nalishlar bo‘yicha (hududlar, tarmoqlar, bo‘limlar bo‘yicha) tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni yaratish
  • opportunity icon Boshqa davlat axborot tizimlari (masalan, soliq, kadastr, adliya va boshqalar) bilan o'zaro hamkorlik
  • opportunity icon Tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma'lumotlarni eksport qilish imkoniyati