Yo‘lovchi poyezdlarga onlayn tarzda chipta sotish “eticket.railway.uz” tizimi – “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatida raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish va barcha amaliyotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha xodimlarimiz tomonidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar belgilab olinib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyatimiz tomonidan yangi ilovada talabalar va nafaqaxo‘rlarga onlayn tarzda chegirmali chiptalarni xarid qilishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi 2158-PF sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, 2015 yilning noyabr oyidan boshlab jamiyatimiz tomonidan “eticket.uzrailway.uz” veb-sayt orqali elektron tarzda chiptalarni sotish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizim ishga tushurilgandan keyin jamiyatimiz tomonidan yo‘lovchi poyezdlarga 2015 yilda jami sotilgan chiptalarning 2% onlayn tarzda veb-sayt orqali sotilgan. Jamiyatimizning yo‘lovchilarga onlayn tarzda chiptalarni sotish tizimi yillar davomida modernizatsiya qilinib bugungi kunda mazkur ko‘rsatgichlar 45 % dan ko‘tarilgan. Kelgusida mazkur ko‘rsatgichlarini bundanda yuqori darajaga ko‘tarish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
• Yo‘lovchilar tomonidan barcha yo‘lovchi poyezdlarga ortiqcha vaqt sarflamasdan onlayn tarzda chiptalarni xarid qilishlari.
• Yo‘lovchilar tomonidan tizimda mavjud bo‘lgan barcha chegirmali chiptalarni onlayn tarzda rasmiylashtirishlari.
• Yo‘lovchilar tomonidan chiptalarga korparativ plastik kartalar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda, ularga onlayn tarzda hisob varoq yuborish imkoniyati mavjudligi.
• Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni onlayn tarzda tizimga qaytarish tizimi mavjudligi.
• Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda tizimga qaytarilgan chiptalarning pul mablag‘larini avtomatik tarzda to‘lov amalga oshirilgan plastik kartalariga qaytarish tizimini mavjudligi.
• Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni PDF shaklda yuklab olish va ushbu fayl bilan yo‘lovchi poyezdlarga chiqish imkoniyatini mavjudligi.
“eticket.railway.uz” tizimidan foydalanish uchun “eticket.railway.uz” tizimining bosh sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun elektron pochta manzilini, telefon raqamini, google tizimidagi elektron pochta manzilini, One ID elektron pochta manzilini yoki telegaramm mesenjerini kiritishi kerak.