O‘zbekiston raqamli transformatsiyaning yangi bosqichiga chiqmoqda. So‘nggi yillarda IT sohasi bo‘yicha erishilgan natijalar buning yaqqol tasdig‘idir.
2026-01-06 14:59

Startaplar ekotizimi ham jadal rivojlanib, ularning soni 10 barobarga oshdi va sohaga 300 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi. Bu natijalar mamlakatda yaratilgan qulay muhit va kuchli siyosiy iroda samarasidir.


Bugun O‘zbekiston xorijiy AT kompaniyalari uchun ishonchli va jozibador manzilga aylanmoqda. Hududlarda yaratilgan sharoitlar tufayli nafaqat poytaxt, balki viloyatlar ham AT rivoji markaziga aylanib bormoqda.

“O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan "Renessans yo'li" nomli hujjatli filmda mamlakatimizda raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan natijalarga bag‘ishlandi.

61 просмотров
Дата изменения:2026-05-14 14:54