Sun’iy intellekt texnologiyasini keng joriy etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Markaziy bank, yetakchi bank va fintech tashkilotlari vakillari, shuningdek, AICA rezidentlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tijorat banklari tomonidan sun’iy intellekt texnologiyasi qo‘llanilgan tizimlar va ular yordamida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Raqamli texnologiyalar vazirligining ushbu sohada 2030-yilga qadar ustuvor maqsadlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida banklar tomonidan keng foydalaniladigan skoring tizimini takomillashtirish hamda ushbu tizimga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash natijasida foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.