Kompaniya bilan axborot texnologiyalari sohasida yosh iste’dodlarini tayyorlashga qaratilgan memorandum hamkorlik yo‘nalishidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Dasturlash, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilib, yangi avlod yuqori malakali mutaxassislari uchun poydevor yaratish maqsadi qo‘yildi.
Bundan tashqari, kompaniya yosh iste’dodlar uchun noyob imkoniyatlarni yaratish hamda mamlakatning IT sanoati rivojiga o‘zining hissasini qo‘shish maqsadida, 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Xalqaro informatika olimpiadasini Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda tashkil qilishga kelishib oldi.
Hamkorlik doirasida shuningdek, xorijiy IT kompaniyalarini O‘zbekistonga investitsiya kiritishga jalb qilish ham ko‘zda tutilgan. Kompaniya bu yil ICT WEEK Uzbekistan 2024 haftaligi va yirik tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z yutuqlarni namoyish qilish va soha yetakchilari bilan tajriba almashish istagini bildirdi.