Nagoya universitetlari Prezidentlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Uchrashuv davomida Universitet professori tomonidan O‘zbekiston bilan aloqalar va amalga oshirilayotgan rejalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, vazir o‘rinbosari tomonidan vazirlikda raqamli ta’lim hamda sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv natijasida Universitetning R&D (izlanish va tadqiqotlar) markazi va texnologiyalar laboratoriyasi faoliyati bilan tanishish va ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik qilish, Universitet o‘qituvchi va proffesorlarining ilg‘or tajribasi yordamida TATU o‘qituvchilarini malakasini oshirish tizmini yo‘lga qo‘yish, Universitetning innovatsion o‘quv jarayonlari bilan tanishish, o‘quvchilar uchun 6 oylik, 1 va 2-yillik tajriba almashish dasturlarini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishildi.

Shuningdek, onlayn ta’lim tizimi bo‘yicha yapon-inliz tilidagi kontentlarni taqdim etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi va Universitet ushbu yo‘nalishdagi kontentlarni taqdim qilishga tayerligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Nagoya universiteti 1871-yil tashkil topgan. QS reytingi bo‘yicha dunyoda 152-o‘rinda turadi. 28 ta yo‘nalishda ta’lim beradi. Hozirda universitetda 16 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Shundan 2 150 ta talaba xorijiy davlatlardan kelgan talabalar hisoblanadi. Ushbu universitetdan 6 ta Nobel mukofoti laureatlari tahsil olgan.

Shu bilan birga, vazirlik delagatsiyasi Nagoya iqtisodiyot Universiteti prezidenti Saburi Haruo va vitse-prezidenti Tomioka Masashi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Nagoya iqtisodiyot universiteti va Vazirlik huzuridagi universitetlar bilan yaqin yillarda Yapon ta’lim standartlari asosida IT va sun’iy intellekt o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, O‘zbekistonda Nagoya iqtisodiyot universitetining o‘quv kampusini ochish hamda universitet professor o‘qituvchilari ishtirokida yapon tili va IT bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, vazir o‘rinbosari R. Karimjonov tomonidan vazirlikda raqamli ta’lim hamda texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv natijasida Nagoya Iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish taklif qilindi va ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi.

Ma’lumot uchun: 1940-yida tashkil topgan Nagoya Iqtisodiyot universiteti Yaponiyaning yetakchi xususiy universiteti bo‘lib, o‘zining sifatli iqtisodiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur. Universitet iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Hozirda Nagoya iqtisodiyot universitetda 2 mingdan ziyod yoshlar (bundan 388 nafari 14 ta davlatlardan kelgan xorijlik talabalar) tahsil olmoqda.