Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi
Umumiy qoidalar
- Elektron hukumat doirasida ma’lumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi.
- Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali tashkil etiladi.
- Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi.
- Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi.
1.Подключение пользователей к межведомственной интеграционнной платформе
Порядок положения к межведомственной интеграционной платформе
2.Электронное сотрудничество и обмен информацией через межведомственную интеграционнную платформу