Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan elektron davlat xizmatlari Yagona portalda alohida yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Yagona portal yordamida uydan chiqmasdan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun elektron shaklni to‘ldirish va kerakli xizmatdan foydalanish uchun so‘rov yuborish kifoya. Masalan, bolani bog‘chaga kiritish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtomobil oynalari rangini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsat olish, oylik maosh, mehnat daftarchasi, soliq qarzi yoki pensiya hisobini tekshirish
- mamlakat bo‘ylab arizachilarga raqamli hukumat doirasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratish;
- ariza beruvchilar bilan muloqotda davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” tamoyilini joriy etish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun xarajatlarni kamaytirish.
Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.