solution icon
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELEKTRON VIZASI RASMIY PORTALI
Elektron portal o‘rnatilgan xorijiy davlat fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirishni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi orqali elektron viza beriladi e-visa.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Portal haqida

O‘zbekiston Respublikasining elektron vizasi rasmiy portali - O‘zbekiston
Respublikasiga  kirishni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi asosida xorijiy davlat fuqarolariga elektron viza berish uchun xizmat qiladi.
Elektron viza O‘zbekiston Respublikasiga sayohat qilishni rejalashtirgan chet el fuqarolari uchun rasmiylashtiriladi. Bunday vizani rasmiylashtirish uchun chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasining elektron viza rasmiy portalining “www.e-visa.gov.uz” manziliga murojaat yuboradi.
Elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaatni shakllantirish individual yoki jamoaviy (besh nafar va undan ortiq voyaga yetgan chet el fuqarolari) tartibida amalga oshiriladi.

Portalning maqsad va vazifalari

- xorijiy fuqarolarning kirish vizasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etishlarini bekor qilish; - xorijiy fuqaroning kirish vizasini olish uchun murojaatini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish; - respublikaga kirish uchun ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; - elektron kirish vizalarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali elektron kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etiladi.

Portaldan foydalanish

Elektron vizani veb portal orqali rasmiylashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: murojaatni rasmiylashtirib yuborish va murojaatga javob berish.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish elektron vizasini rasmiylashtirish uchun murojaat quyidagi tartibda shakllantiriladi: “Mamlakat” bo‘limida davlat, sayohat hujjati va kelishdan maqsad tanlanadi;

“Sana” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turish davri ko‘rsatiladi; “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida chet el fuqarosining biografik ma’lumotlari kiritiladi; “Foto va pasport” bo‘limida shaxsning fotosurati va sayohat hujjatining nusxasi joylanadi; “Faollashtirish” bo‘limida elektron pochta manzili kiritiladi; “To‘lov” bo‘limida Visa va MasterCard xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali davlat boji to‘lanadi.
Elektron vizani berish haqida ijobiy qaror qabul qilinsa, chet el fuqarosining elektron pochta manziliga murojaati bo‘yicha “pdf” formatidagi elektron viza yuboriladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron visa davlat xizmatidan foydalanish
  • opportunity icon Portal yoki call markaz orqali yuborilgan murojaatlar holatini kuzatish va xizmat ko‘rsatish natijasini yuklab olish
  • opportunity icon Arizalarni ko'rib chiqish holati haqida xabarnomalarni electron pochta manziliga yuborish