Mobil ilova Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholiga favqulodda vaziyatlardan barvaqt ogohlantirish hamda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot yetkazish yo‘nalishida foydalaniladi.
Mazkur mobil ilova imkoniyatlari orqali aholinining turli xil favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirilish hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borilishiga erishiladi.
Shuningdek, soha yo‘nalishi bo‘yicha mobil ilovaga qo‘shimcha funksiyalar joriy etish orqali doimiy takomillashtirilb boriladi.
- aholini turli xil favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish;
- axolini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish;
- aholi tomonidan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot (yangiliklar) olishlarini ta’minlash;
- aholi tomonidan tezkor xizmatlarning qisqa va ishonch telefon raqamlari va ularga berilgan qisqacha ma’lumotlar bilan tanishish.
Mobil ilovadan foydalanish uchun ro‘yxatdan (avtorizatsiya) o‘tish lozim. Buning uchun foydalanuvchidan F.I.Sh, yashash hududi va telefon raqamini kiritishi talab etiladi.