solution icon
“Xalq nazorati” elektron portali
Toshkent shahrida xizmat ko'rsatuvchi davlat tashkilotlari hamda jamoatchilik o'rtasida samarali hamkorlikni ta'minovchi interaktiv servis xalqnazorati.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun foydalanish mumkin
  • advantage icon Smartfonlar va shaxsiy kompyuterlar uchun chegirmali versiyalarning mavjudligi
  • advantage icon Muammolarni ko'rib chiqish jarayoni haqida aholini xabardor qiluvchi SMS
Loyiha haqida

"Xalq nazorati” elektron portali – bu sizning xabaringizni aniq bir ijrochiga bir zumda jo’natishni, uni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatish, shuningdek, uni bajarilgan deb tan olish to‘g‘risida qarorni mustaqil ravishda qabul qilish imkoniyatini beruvchi yagona platformadir.

Saytda aholining barcha asosiy muammolarini qamrab olgan, portalning beshta yo‘nalish bo’yicha elektron xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

“Xalq Nazorati” elektron xizmatlari - uyda, mashinada, kafeda, do‘konda yoki shunchaki ko‘chada sayr qila turib foydalanish imkoniyatini beradi.

Buning uchun ro’yxatdan o‘tish va muammo haqida xabar berish kifoya. Misol uchun, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minotidagi muammolar, o‘chib ketgan piyodalar yo’l belgilari, ruxsatsiz chiqindixonalar, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, jamoat transporti sifatining pastligi to’g’risidagi xabarlar (arizalar).

Portalning maqsadi va vazifalari

kommunal, infratuzilma, axborot almashinuvi va boshqa turdagi muammolarni hal qilish maqsadida foydalanuvchilarning elektron portal orqali jo’natilgan xabarlarida aks ettirilgan takliflarni amalga oshirish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul ijrochilar tomonidan ishlarni tashkil etish.

elektron holda aholi hamda davlat organlari va kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratish;

shahar aholisi bilan o'zaro aloqada "qog'ozsiz hujjat aylanishi" tamoyilini amalga oshirish;

kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatish sifatini ularni ko‘rib chiqishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularning hal etilishi ustidan ariza beruvchining shaxsiy nazoratini ta’minlash orqali oshirish;

kommunal xizmat va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ularni ko‘rib chiqishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularning hal etilishi ustidan ariza beruvchining shaxsiy nazoratini ta’minlash;

davlat organlari va kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlarga murojaat qilishda aholi uchun xarajatlarni kamaytirish.

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

“Xalq nazorati” tizimiga kirish uchun foydalanuvchilar https://xalqnazorati.uz veb-saytida kerakli shaxsiy maʼlumotlarni (tugʻilgan sana, pasport (ID karta) seriyasi va raqami, yashash manzili va telefon raqami) koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtadilar.

Ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlar foydalanuvchining roziligisiz ko'paytirilishi yoki uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

Статистика

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron portal doirasidagi muammolar haqida xabar berish
  • opportunity icon “Xalq nazorati” tizimi orqali yuborilgan xabarlar holatini kuzatish
  • opportunity icon Muammoni hal qilish jarayoni haqida bildirishnomalarni olish
  • opportunity icon Muammoni hal qilingan deb tan olish to'g'risida qaror qabul qilish yoki ijrochining harakatlariga rozi emasligini bildirish, foydalanuvchi tomonidan muammo qaytarilganda uni qaytadan ko'rib chiqish