solution icon
"SafeRoad" jarimalarni tekshirish va to‘lash tizimi
Loyiha yo‘l harakati xavfsizligi harakati to‘g‘risidagi, shu jumladan, ularning transport vositalariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron shalkda real vaqt rejimida olish uchun xizmat qilmoqda road24.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Jarima tekshirish va to‘lash
  • advantage icon To‘lanayotgan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalarni nazorat qilish
  • advantage icon Jarimani mos ravishdabelgilangan muddatlar oralig‘ida 50% , 30% chegirma bilan to‘lash
  • advantage icon Haydovchilar uchun eng mukammal yo‘riqnoma
Loyiha haqida

Loyiha fuqarolarni yoʻl harakati toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ularning transport vositalariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida olishlari, shuningdek, fuqrao va subyektlarga tegishli transport vositalar bilan bog’liq davlat xizmatlarini foydalanish, avtotransport oynasi tusini o’zgartirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tiklash bo’yicha onlayn xizmati ko’rsatish hamda transport davlat raqam belgisini almashtirish, o’tkazish, saqlovdagi holatini ko’rish, haridorgir avtoraqamlarga buyurtma berishdan iborat.

Road24 mobil ilovasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat

•    aholini yo'l-transport hodisalari manbalari to'g'risida tezkor ma'lumot bilan interaktiv shaklda xabardor qilish;
•    Avtotransport vositalari haydovchilariga ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan chiqarilgan jarima qarorlari mavjudligi to'g'risida ma'lumot olish, to'lash va to'langan jarimalar tarixini olish imkoniyatini yaratish;
•    Elektron xaritalarda belgi va yo'l-transport hodisa bo’lgan joylardagi ma'lumotni ko’rish imkoniyatini yaratish;
•    transport vositalari egalarini qabul qilingan ruxsatnomalarni olish muddatlari va hujjatlarning amal qilish muddati to‘g‘risida xabardor qilish;
•    jismoniy va yuridik shaxslarga yo‘l harakati qoidalarining aniqlangan buzilishlari va yo‘l infratuzilmasiga yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi videoyozuvlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish;
•    yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to'g'risidagi xabarlarni olish va jarimalarni to'lash bo'yicha tranzaksiya xizmatlarini ko'rsatish.
•    yagona statistik axborot tizimini yanada takomillashtirishni ta'minlash;
•    ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma'muriy huquqbuzarlik tufayli ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar ko'rgan shaxslarni tizimli tahlil qilishni tezkorlik bilan amalga oshirish;
Umuman olganda avtomototransport vositalariga oid davlat xizmatlari online shaklda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish
 

Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish

Road24 mobil ilovasi xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi telefon raqamiga kelib tushgan sms-xabar orqali avtorizatsiyadan o‘tishi talab etiladi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Jarima bilidirishnomasini olish
  • opportunity icon Jarimani hech qanday qo‘shimcha ustamalarsiz to‘lash
  • opportunity icon DYHXX dan texnik ko‘rik va tonirovka holatini ko‘rish
  • opportunity icon Adliya vazirligi orqali ishonchnoma olish
  • opportunity icon Qoidabuzarlik deb topilgan holatni foto va video yozuvni ko‘rish
  • opportunity icon Chegirma tugashidan 7 va 2 kun o‘ldin push-ogohlantirish yuborish