solution icon
Tadbirkor virtual ofisi
Portalning asosiy vazifalari tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish hisoblanadi business.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Tadbirkolar murojaatlarini tegishli davlat organlari tomonidan tez va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash
  • advantage icon Tadbirkorlar murojaatlarini bir nuqtadan qabul qilishni tashkillashtirish
Loyiha haqida

Tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish portalning asosiy vazifalari hisoblanadi.

“TADBIRKOR VIRTUAL OFISI” axborot portali - tadbirkorlar muammolarini hal etishda davlat organlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shafof ishlash tizimi bo‘lib, murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, muammolarni hal etish jarayonini nazorat va monitoring qishil, tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish imkoniyatiga yaratilgan.
Shuningdek, tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni qo‘rib chiqilishini nazorat qilish.
 

Portalning maqsad va vazifalari

- tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish;
- davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tematik onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
- qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qilish;
- tadbirkorlik subyektlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlardan foydalanish, shu jumladan, litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan ulanish.
 

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Portal orqali murojaatning koʼrib chiqilishida shafoflik taʼminlanadi, shuningdek real vaqt rejimida murojaat holati va kim tomonlama qorib chiqilayotganini korish imkoniyati mavjud. Shuningdek, portalga kelib tushgan murojaatlarning monitoringi orqali xar bir hududda tadbirkorlar faoliyatiga tosqinlik qilayotgan aniq muammoni aniqlash imkoniyati mavjud.

Статистика использования личных кабинетов налогоплательщиками

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Portal orqali murojaatning koʼrib chiqilishida shafoflik taʼminlanadi
  • opportunity icon Real vaqt rejimida murojaat holati va kim tomonlama qorib chiqilayotganini korish imkoniyati mavjud
  • opportunity icon Portalga kelib tushgan murojaatlarning monitoringi orqali xar bir hududda tadbirkorlar faoliyatiga tosqinlik qilayotgan aniq muammoni aniqlash imkoniyati mavjud