“Statistika” integrallashgan axborot tizimi portali – aniq, ishonchli va sifatli statistik ma’lumotlar olishning yagona nuqtasi hisoblanib, ma’muriy statistik ma’lumotlarni integratsiya yo‘li bilan to‘plash va statistik ma’lumotlarni SDMX standarti asosida foydalanuvchilarga taqdim etish imkoniyatini beradi. Shuningdek, u quyidagi bir qator ishlarni amalga oshiradi:
birinchidan, shu kunga qadar turli manbalar va shakllarda saqlanayotgan statistik ma’lumotlarni xalqaro tavsiyalarga mos bo‘lgan namunaviy formatga keltirish va raqamli shaklda yagona ma’lumotlar bazasiga to‘plash imkoni yaratildi;
ikkinchidan, tasniflagichlar va ma’lumotnomalar bilan moslashtirish hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlari joriy etildi;
uchinchidan, ma’lumotlarni sohalar va hududlar kesimlariga ajratgan holda yig‘ma axborotlarni shakllantirish hamda vizual tasvirlash jadval, grafik, diagramma, kartogramma moduli joriy etildi.
- statistika sohasida aniq va sifatli ma’lumotlar taqdim etish uchun yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
- har bir statistik ko‘rsatkichlarning metama’lumotlarini (ma’lumot passportini) xalqaro SDMX standarti asosida tuzish;
- REST API texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni integratsiya qilish;
- ma’lumotlarni qayta ishlash, almashish jarayonlarini monitoring qilish.