solution icon
Statistika agentligining rasmiy veb sayti
Statistika agentligining rasmiy veb-sayti Rasmiy statistika sohasida yagona davlat siyosati, rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va statistika ko‘rsatkichlarini ommaga taqdim etish uchun ishlab chiqilgan stat.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Agentlikning rasmiy veb-sayti Ochiq ma’lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha eng yuqori –“Platina” (PLATINUM) darajada baholangan
  • advantage icon Nashrlar rejaga asosan oylik, choraklik va yillik yangilanib borish tizimi joriy etilgan
  • advantage icon Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maʼlumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qo‘shimcha imkoniyatlar mavjudligi
Loyiha haqida

Statistika agentligining rasmiy veb sayti Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy statistik ma’lumotlari, jumladan, YAIM, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar, qurilish va investitsiya, tashqi va ichki savdo, korxona va tashkilotlar faoliyatini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar keng tarqalgan 5 ta elektron formatda (csv, json, xml, xls va pdf) foydalanish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida tahlililiy ma’lumotlarni kuzatib borish uchun mo‘ljallangan.

Veb saytning maqsad va vazifalari:

- statistika tizimidagi yangiliklar bilan tanishib borish;

respublikaning asosiy makrokorsatkichlari ozgarishlarini online tarzda kuzatib borish;

- statistik ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, vizuallashgan ko‘rinishda fodalanuvchilarga taqdim etish;

respublika miqyosida to‘plangan barcha statistik ma’lumotlarni veb-sayt orqali interaktiv grafik va jadvallar ko‘rinishida taqdim etish;

- interaktiv jadvallar va grafiklarni statistik ma’lumotlar asosida generatsiya qilish.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish

Agentlik veb saytida ro‘xatdan o‘tish talab etilmaydi

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Rasmiy statistik ma’lumotlarni 3xil tilda (rus,ingliz va o‘zbek) mavjudligi
  • opportunity icon Statistik to‘plamlarni sotib olish imkoniyati
  • opportunity icon Korxonalar ro‘yxati, faoliyat turlari va hududiy mansubligi bo‘yicha pullik ma’lumotlarni olish imkoniyati
  • opportunity icon Turli xil vizual infografikalardan foydalanish imkoniyati
  • opportunity icon Nashrlar va press-relizlar e’lon qilish taqvimi bilan tanishish imkoniyati