solution icon
“EKONAZORAT” ELEKTRON TIZIMI
Elektron tizim ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ishga tushirilgan econazorat.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Xizmatlardan foydalanishda chegirmalarning mavjudligi
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Tizim haqida

“Ekonazorat” elektron tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrda imzolangan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida  ishga tushirildi.

Endi ushbu elektron tizim orqali ekologik huquqbuzarliklarni tasdiqlovchi foto, video dalillarni yuborgan shaxslar huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning o‘n besh foizini oladi.

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng shaxsiy akkauntga kirishingiz va rag‘batlantirish usulini tanlashingiz mumkin. Mazkur tizimda siz yuborgan huquqbuzarlik holatini qaysi bosqichda o‘rganilayotganligini onlayn ko‘rish imkoniyati mavjud.

ecogovuz_bot

Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur ilova telegram kanali uchun ecogovuz_bot formatida ham yaratilgan. Unga to‘liq ismingiz va telefon raqamingizni ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tib, ekologik huquqbuzarliklarni yuborishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, foto va video materiallarni yuborgan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish
  • opportunity icon Elektron tizim orqali yuborilgan murojaatlar holatini kuzatish va xizmat ko‘rsatish natijasini yuklab olish
  • opportunity icon Arizalarni ko‘rib chiqish holati haqida xabarnomalar olish
  • opportunity icon Soliqlar va jarimalar holatini doimiy monitoring qilish va boshqalar