Axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri - axborot tizimlari va resurslarining hisobini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari va dasturiy texnologiyalari, ularni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, reyestr mavjud axborot tizimlarining funksiyalarini takrorlaydigan axborot tizimlari ishlab chiqilishining oldini olishga yordam beradi.
- loyihalarni boshqarish markazi (LBM) va loyiha ijrochilari o'rtasida o'zaro hamkorlik qilish uchun veb-interfeyslar va shakllar orqali ishtirokchilar uchun ochiq bo'lgan yagona axborot maydonini yaratish;
- kerakli parametrlarga ega loyihalar va amalga oshirilayotgan tizimlar reyestrini shakllantirish va boshqarish;
- loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan kalendar nazoratini ta’minlash, shu jumladan keyingi monitoringi;
- axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarni ro'yxatga olish va hisobga olish;
- elektron hukumat loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish kursini tashkil etish;
- ekspertiza o‘tkazishni nazorat qilish;
-ekspertiza holatini monitoring qilish;
- ijrochilar va tashabbuskorlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish.
Yagona reyestr xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak