solution icon
Elektron hukumatning yagona billing tizimi
Mazkur Tizim bank kassalari, elektron to‘lov tizimlari va internet-banking orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlari summalarining hisobini yuritish imkonini beradi egov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon To‘lovlarni avtomat amalga oshirish
  • advantage icon 24/7 Texnik qo‘llab-quvvatlash
  • advantage icon 400 dan ortiq elektron xizmatlar uchun to‘lovlar
  • advantage icon Barcha onlayn to‘lov tizimlari bilan integratsiya
Tizimga ulanish uchun zaruriy talablar

Interaktiv xizmat - Yagona billing tizimiga ulanish uchun davlat xizmatining interaktiv versiyasiga ega bo'lish talab etiladi;

Davlat xizmatlari pasporti - Tizim integratori xizmat parametrlarini yaratish uchun xizmat pasportini taqdim etadi;

Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanish zarur;

G'aznachilik hisoblari - “Yagona darcha” markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovning 10 foizi vazirlik hisobiga o‘tkazilishi sababli Adliya vazirligining buxgalteriya hisobi xodimlari bilan tegishli g‘azna hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha ishchi uchrashuv o‘tkazish zarur.

Tarix xronologiyasi

2017-yil - Yagona billing tizimi joriy etildi

2020-yil - Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish moduli va Yagona hisob-kitob tizimi ajratildi

2023-yil - Yagona billing tizimining yangi versiyasi ishga tushirildi

Tizim haqida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatidan otkazish va royxatga olish tizimini takomillashtirish togrisidagi PQ-2646-son qarori va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9-fevraldagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatidan otkazish va hisobga qoyish tizimini takomillashtirish togrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi 66-son qaroriga muvofiq Yagona darcha” markazlarida ariza beruvchilar bilan munosabatlarni boshqarishning axborot tizimi va yagona billing tizimi” ishlab chiqilgan

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Har qanday davlat yoki idoraviy xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish
  • opportunity icon Barcha to'lovlarni holatini kuzatib turish bo’yicha maxsus kabinetning mavjudligi
  • opportunity icon my.gov.uz, MUNIS, G'aznachilik va to'lov tizimlari bilan integratsiya qilingan
  • opportunity icon Tahliliy ma'lumotlarini olish va hisobotlarni eksport qilish imkoniyati