respublikaning yashil iqtisodiyotga doir ma’lumotlarini yig‘ish, ularni tahlil qilish va qayta ishlash, hamda yig‘ilgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish;
– yashil iqtisodiyotga doir faoliyatlar bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish va ma’lumot berish;
– respublikada amalga oshirilayotgan yashil loyihalar bo‘yicha ma’lumot berish;
– iqlim o‘zgarishiga doir ma’lumotlarni yig‘ish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni monitoring va nazorat qilish;
– respublikadagi issiqxona gazlari emissiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va natijalar bo‘yicha foydalanuvchilarga ma’lumot berish;
– yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘yicha aholi va foydalanuvchilarni salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
– yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi sohasida tayyorlangan hisobotlarni to‘plash va foydalanuvchilarga taqdim etish;
– yashil iqtisodiyot yo‘nalishida aholi va foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini to‘plash.
Yashil iqtisodiyot platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan. Mazkur platforma mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Platformaning faoliyati va nazorati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.