🎯 sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;
🎯 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;
🎯 sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;
🎯 Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekiston Respublikasining birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qarori bilan 2025-2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasini tashkil etish;
- sun’iy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish bo‘yicha parallel hisoblash, mashinaviy o‘qitish va boshqa loyihalar uchun zarur bo‘lgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) o‘z ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasteri hamda katta ma’lumotlar bazasi server qurilmalari xarid qilish.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 64 ta ustuvor loyiha;
- Vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 22 ta ustuvor loyiha.