Axborot tizimi - Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Mazkur tizim yordamida uydan chiqmagan holda konsullik xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun elektron shaklni to‘ldirish va kerakli xizmatdan foydalanish uchun so‘rov yuborish kifoya. Masalan, vaqtincha yoki doimiy konsullik ro‘yxatiga turish, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvoxnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish, Сhet elga doimiy yashashga chiqish, Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va ularni elektron shaklga o‘tkazish orqali konsullik xizmatlarini ko‘rsatish tartibini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolariga davlat xizmatlari va konsullik muassasalari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Xorijda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga veb-resurs orqali interaktiv konsullik xizmatlarini ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatning boshqa hududlaridan kelib konsullik xizmatlarini olishda qo‘yiladigan talablarni qisqartirish
Interaktiv konsullik xizmatlaridan foydalanish uchun https://consulate.mfa.uz saytiga kirish kifoya qilinadi.