solution icon
Qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi
Ushbu elektron tizim mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, faoliyatida oshkoralik, shaffofligini hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlaydi e-qaror.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish jarayonlarini to’liq raqamlashtirilganligi
  • advantage icon Qarorlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va e’lon qilish jarayonlari inson aralashuvisiz to'liq avtomatik amalga oshirilishi
  • advantage icon Barcha qarorlar tanlovsiz va inson aralashuvisiz jamoatchilikka taqdim etilishi
  • advantage icon Jamoatchilik 24/7 rejimida, dunyoning istagan nuqtasidan turib qabul qilingan hujjatlar bilan tanisha olish imkoniyati
  • advantage icon Adliya vazirligi hamda hududiy adliya organlari tomonidan samarali monitoring amalga oshirish
Loyiha haqida

Elektron tizim Internet tarmog’ida mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlar bilan tanishish imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, hokimiyatlar tomonidan hujjatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va e'lon qilishda inson omilini minimallashtirishni ta’minlyadi. Jamoatchilik nazorati tufayli hokimiyatlarda korrupsiya va vakolat suiiste’molchilik holatlarini oldini olishga ko’maklashadi.
Tizimda hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o’tkazish, jamoatchilik muhokamasini o’tkazish hamda imzolash bilan bog’liq muddatlar amaldagi qonunchilik talablariga, xususan mehnat qonunchiligiga muvofiq avtomatik belgilanadi. Shunga ko’ra davlat xizmatchilarining ortiqcha vaqt sarfini ham oldi-olinadi.

Tizimning maqsad va vazifalari

- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarning norma ijodkorligi faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tomonidan g‘ayriqonuniy qarorlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishini oldini olish;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat qarorlar ishlab-chiqish, kelishish va qabul qilish faoliyatida jamoatchilik nazoratini va shaffoflikni taʼminlash;
- mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar qarorlar ishlab chiqish, kelshish, imzolash va Internet tarmog‘ida eʼlon qilish faoliyatida ortiqcha qog‘ozbozlik, vaqt sarfini oldini-olish va inson omilini kamaytirish.

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish

Jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan hujjatlar bilan tanishish uchun ro’yxatdan o’tishlari yoki avtorizatsiyadan o’tishlari talab etilmaydi. Davlat xizmatchilari tizimdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Статистика использования личных кабинетов налогоплательщиками

 

 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Hujjatlar bilan to‘siqlarsiz bilan tanishish imkoniyati
  • opportunity icon Shaxsga oid hujjatlarni tarkibini jamoatchalikka ochiqlanishini oldini olish
  • opportunity icon Adliya organlari tomonidan samarali monitoring amalga oshirish
  • opportunity icon Noqonuniy qarorlar qabul qilinishini oldini olish