solution icon
“Ochiq Budjet” dasturiy majmuasi
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan budjet – mahalliy infratuzilmani rivojlantirish loyihalariga tuman/shahar budjetlari mablag‘larining bir qismini bevosita fuqarolarning tashabbusi asosida yo‘naltirishga asoslangan tizim openbudget.uz
Afzalliklari
  • advantage icon O‘zbekiston Respublikasi budjet ma‘lumotlari ochiqligi va budjet jarayonida fuqralarning faol ishtirokini ta‘minlash
  • advantage icon "Ochiq budjet" axborot portalidan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, pullik xizmatlar mavjud emas
  • advantage icon Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni avtomatik ravishda (inson omilisiz) g‘olib deb eʼlon qiladi
Loyiha haqida

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan budjet (JFSHB) – mahalliy infratuzilmani rivojlantirish loyihalariga tuman/shahar  budjetlari mablaglarining bir qismini bevosita fuqarolarning tashabbusi asosida yonaltirishga asoslangan tizim.

Dasturiy majmuaning maqsad va vazifalari

Ochiq budjet axborot portali O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi axborotiga kirish va O‘zbekiston Respublikasida budjet jarayonini tashkil etish to‘g‘risida tegishli axborotni taqdim etishni maqsad qilgan. 
Shuningdek, ushbu portal quyidagi vazifalarni bajaradi: 

- budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

 - jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan tadbirlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirish; 

- fuqarolarning murojaatlarini, shu jumladan budjet qonunchiligining buzilishi faktlarini xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish imkoniyatlarini tashkil etish.

Ro‘yxatdan o‘tish

Tizimga kirish “Openbudjet”.uz saytidan ro‘yhatdan o‘tish shahsga doir ma‘lumotlar va telefon raqamni kiritib, Ikki faktorli avtorizatsiyadan o‘tish (SMS kod orqali). (ERI kaliti orqali) foydalanuvchi tomonidan login va parol tergan holda amalga oshiriladi.

Статистика

 

 

 

 

 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon JFSHB loyihalari yuzasidan takliflarni Ochiq budjet platformasi yordamida (Yoki ochiq tartibda qabul qilish)
  • opportunity icon On-layn jamoatchilik ovoz berish jarayonini o‘tkazish va natijalarini hisoblash
  • opportunity icon JFSHB looyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni joylashtirish
  • opportunity icon JFSHB loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini ochiq budjet portaliga joylashtirish
  • opportunity icon Budjetdan tashqari mablag‘lar hisoborlarida tushumlarning avtomatik ravishda turkumlanishi
  • opportunity icon Taqdim etilgan JFSHB loyihalarni belgilangan mezonlarga muvofiqligini tekshirish va loyihalarni iqtisodiy ekspertizadan o’tkazish
  • opportunity icon Loyihalarni amalga oshirish va manitoring qilish