Ochiq ma’lumotlar — ko‘p marotaba mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, “Internet” tarmog‘iga tizimlashtirilgan, ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir.
Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, portal fuqarolar, tadbirkorlar va turli sohalar mutaxassislari faoliyatida ochiq ma’lumotlarni ishlatish, ma’lumotlarni tahlil qilish, mobil ilovalarni ishlab chiqish yoki tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan.
Ochiq ma’lumotlar portali xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug‘ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak. Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan o‘tgan fuqaroga Ochiq ma’lumotlar portalida ishlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi mas’ul xodimlari orqali ruxsat beriladi.


