Tizim foydalanuvchilarga interaktiv online xizmatlar to'g'risida to'liq ma'lumotlar bilan ta'minlashga qaratilgan. Tizim yuk va yo'lovchilar tashish uchun litsenziya olish, litsenziyantlar va ijaraga oluvchilar o'rtasidagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan. Bunga qo'shimcha tarzda portal orqali - avtobus, avia va temiryo'l yo'nalishlari haqida ma'lumot va chiptalarni qidirish imkoniyatini yaratish - shahar transportida bepul yurish huquqini beruvchi (yo'nalishsiz taksilardan tashqari) imtiyozli transport kartalari reesrtini yuritish - respublika (viloyatlar) xaritasida barcha avtovokzallar va avtostansiyalar joylashuvi, obyekt ma'lumotlari hamda yo'nalishlar sxemalari to'g'risida ma'lumotlarni yetkazish.
Tizim maqsadlari:
Xalqaro avtomobil tashuvlari uchun xorijiy va ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar o‘rtasida taqsimlash;
Litsenziatlar va jismoniy shaxslar o‘rtasida avtotransport vositalarini ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish;
Jamoat transportida yo‘qolgan buyumlarni qidirishning samarali mexanizmi - "topilmalar byurosi"ni yaratish;
Ruxsat kvotalarini avtomatik taqsimlash orqali mehnat sarfini 30-40 foizga kamaytirish;
Qog‘oz shaklidagi murojaatlarni 90 foizgacha qisqartirish.
Tizim vazifalari:
Vazirlik xizmatlari, amaldagi aviatsiya, avtobus va temir yo‘l yo‘nalishlari, shuningdek, chiptalar tariflari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish uchun mehnat sarfi va ish vaqtini kamaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xizmatlari to‘g‘risida fuqarolarga to‘liq, ishonchli va batafsil axborot taqdim etish;
Litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish.
Shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi yangi yoki dublikat imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirish bo‘yicha:
Jami arizalar soni - 52670 ta;
Yetkazib berilgan - 19227 ta;
Otmeneno - 1231;
Jarayonda - 220 ta;
Yangi arizalar - 40 ta;
Rad etilgan – 31952 ta.