solution icon
Oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va chetlashgan talabalarning o‘qishini ko‘chirish va tiklash axborot tizimi transfer.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Onlayn ariza topshirish
  • advantage icon Jarayonni real vaqt rejimida kuzatish
  • advantage icon Hujjatlarni elektron yuklash
  • advantage icon Bir nechta transfer turlarini qo‘llab-quvvatlaydi
  • advantage icon Vaqt va resurslarni tejaydi
  • advantage icon Yagona markazlashgan tizim
Loyiha haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.09.2025 yildagi 578-songa asosan ishlab chiqilgan, talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonlarini raqamlashtirish, arizalarni onlayn qabul qilish hamda oliy ta’lim muassasalari va foydalanuvchilar o‘rtasida shaffof, qulay va markazlashgan elektron xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga mo‘ljallangan axborot tizimidir.

Axborot tizimining maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
1. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish
2. Arizalarni onlayn qabul qilish va ko‘rib chiqishni avtomatlashtirish
3. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yagona elektron almashinuv muhitini yaratish
4. Jarayonlarning shaffofligi va nazoratini ta’minlash
5. Foydalanuvchilar uchun tezkor, qulay va markazlashgan elektron xizmat ko‘rsatish. 

Tizim vazifalari:
1. Talabalardan o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish
2. Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va autentifikatsiya qilish
3. Zarur hujjatlarni tizimga yuklash, saqlash va tekshirish imkonini yaratish
4. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish
5. Ariza holatini real vaqt rejimida kuzatish va xabardor qilish
6. Statistik ma’lumotlar va hisobotlarni shakllantirish hamda tahlil qilish
7. Ma’lumotlar xavfsizligi va tizim barqaror ishlashini ta’minlash. 
 

Statistika

Foydalanuvchi soni: 102733
Integratsiya: 5
2025-2026 o’quv yili Qishki qabuli uchun umumiy 10620 ta ariza qabul qilindi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha onlayn ariza topshirish
  • opportunity icon Shaxsiy kabinet orqali ariza holatini real vaqt rejimida kuzatish
  • opportunity icon Zarur hujjatlarni elektron shaklda yuklash va saqlash
  • opportunity icon Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ma’lumot almashish imkoniyati
  • opportunity icon Avtomatik bildirishnomalar va xabarnomalar olish
  • opportunity icon Arizalarni saralash, tasdiqlash va rad etish jarayonlarini avtomatlashtirish
  • opportunity icon Statistik hisobotlar va analitik ma’lumotlarni shakllantirish
  • opportunity icon Mobil qurilmalar va veb-brauzerlar orqali tizimdan foydalanish imkoniyati.