O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarini turli fanlar bo‘yicha olimpiadalar orqali rag‘batlantirish va ularni raqamli shaklda tashkil etish uchun mo‘ljallangan onlayn platformadir. Tizim oliy ta’lim muassasalari va talabalarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish, test topshirish, natijalarni ko‘rish va diplom olish kabi jarayonlarni avtomatlashtirilgan holda taqdim etadi.
Tizim maqsadlari:
Bu platforma oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy va akademik olimpiadalarni masofaviy tashkil etish tizimini yaratish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni qo‘llab‑quvvatlashni ta’minlash uchun joriy etilgan.
Tizim vazifalari:
Bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazish;
“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni aniqlash va rag‘batlantirish jarayonlarini raqamlashtirish;
Talabalar bilimini chuqurlashtirish, ilm-fan sohasida ta’limni ommalashtirish va targ‘ib qilish.
Foydalanuvchilar soni: 754
Sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni: 754