solution icon
"E-mehmon" avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Mehmonlarni joylashtirish vositalarida vaqtincha ro‘yxatga olishni hisobga olish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. emehmon.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Statistik ma’lumotlar asosida turizm sohasini rivojlantirish va monitoring qilish
  • advantage icon Turistik yig‘imlarni hisobga olish bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar ustidan o‘z vaqtida nazoratni ta’minlash
  • advantage icon Jarayonlarni optimallashtirish orqali turizm sohasida biznesni rivojlantirish.
Loyiha haqida

Toshkent shahar hokimining farmoyishiga binoan joylashtirish vositalariga kelgan mehmonlarning vaqtincha ro‘yxatga olinishini hisobga olish uchun E-mehmon tizimi ishlab chiqilgan. Dastur ilk bor 2016-yil aprel oyida Toshkent shahrida sinov rejimida ishga tushirilgan.

Tizimning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

  • Ichki migratsiya sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy va jamoat xavfsizligini ta’minlash.

  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan yashash va vaqtincha bo‘lishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish va nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibini buzish faktlarini va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

  • Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida to‘planishi va qayta ishlanishini ta’minlash.

  • Loyihalashtirilgan tizimning statistik ma’lumotlari asosida turizm sohasini rivojlantirish.

  • Turistik yig‘imlarni hisobga olish bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida nazorat qilishni ta’minlash.

Vazifalar:

  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish va nazorat qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish tartibini buzish faktlarini va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlashni avtomatlashtirish.

  • Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni avtomatlashtirish.

  • Turistik yig‘imlarni hisobga olish bo‘yicha hisob-kitoblarni nazorat qilishni avtomatlashtirish.

  • Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy bo‘lishining oldini olish va bunga chek qo‘yish bo‘yicha boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Mehmonlarni (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni) elektron ro‘yxatga olish.
  • opportunity icon Pasport ma’lumotlarini kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyati.
  • opportunity icon Ma’lumotlarni ichki ishlar organlarining axborot tizimlariga avtomatik uzatish
  • opportunity icon Joylashtirilgan mehmonlarni onlayn monitoring qilish va nazorat qilish.
  • opportunity icon Mehmonlar bo‘yicha statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish.