Ushbu axborot resursi (tizim)ni ishlab chiqish va faoliyat yuritish O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi
232-sonli Qarori
«O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini internet tarmog‘ida yanada takomillashtirish, ochiq ma’lumotlarni taqdim etish hisobiga» chora-tadbirlari
Tizim maqsadlari:
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini byudjet jarayoni bilan tanishtirish
Tizim orqali davlat byudjeti va uning ijrosi bo‘yicha ishonchli va tushunarli ma’lumotlarni taqdim etish.
Fuqarolarni va jamoatchilikni byudjet jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilish
Byudjetni shakllantirish va uning ijrosini monitoring qilishda jamoatchilikning taklif va mulohazalarini qabul qilish.
Davlat moliyasining shaffofligi va ochiqligini oshirish
Byudjet ma’lumotlarini ochiq va vizual shaklda taqdim etish orqali davlat boshqaruvining hisobdorligi va shaffofligini ta’minlash.
Axborotlarni vizualizatsiya va tahlil qilish imkoniyatlarini yaratish
Agregatsiyalangan va detallashtirilgan byudjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tahlil qilish uchun interaktiv vositalarni taqdim etish.
Xalqaro reyting va baholashlarda ishtirok etish uchun zamin yaratish
Byudjet ochiqligi bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ma’lumotlarni taqdim etish va O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda ishtirokini qo‘llab-quvvatlash.
Tizim vazifalari:
Byudjet ma’lumotlarini e’lon qilish
Davlat byudjeti rejalari, daromadlar va xarajatlar bo‘yicha dolzarb, to‘liq va tushunarli axborotni barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etish.
Axborotni vizualizatsiya va tahlil qilish
Agregatsiyalangan va detallashtirilgan byudjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tahlil qilish uchun interaktiv grafik va diagrammalarni taqdim etish.
Normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy materiallarni joylashtirish
Byudjet siyosatiga oid qonunlar, qarorlar va boshqa rasmiy hujjatlarni yagona resursda e’lon qilish.
Foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqani ta’minlash
Taklif, mulohaza va savollarni qabul qilish, foydalanuvchilarga javob berish uchun birlashtirilgan mexanizmlarni yaratish.
Jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirish
Foydalanuvchilarni byudjetni shakllantirish va monitoring jarayonlarida faol ishtirok etishga jalb qilish.
Byudjet ma’lumotlarini ochiq va shaffof taqdim etish
Maxfiy ma’lumotlardan tashqari barcha ma’lumotlarni ochiq formatlarda, foydalanuvchi uchun tushunarli shaklda taqdim etish.
Oxirgi 3-5 yil
Foydalanuvchilar soni 2 777 058 ta
Tashabuslar soni 640 937 ta
Ovozlar soni 95 155 225 ta
Integratsiyalar soni 7 ta