O‘zbekiston Respublikasi atrof‑muhit ifloslanishini monitoring qilish milliy platformasi bo‘lib, u atmosfera havosi, suv va tuproq kabi asosiy tabiiy komponentlarning ifloslanish darajasini interaktiv xarita va statistik ma’lumotlar orqali real vaqt rejimida ko‘rsatadi. Tizim Atmosfera havosi sifati indekslari (AQI/IZA), asosiy zararli moddalar konsentratsiyasi, suv sifati ko‘rsatkichlari va tuproq monitoringi bo‘yicha ma’lumotlarni jamlab beradi hamda ularni standartlar bilan solishtirib baholaydi.
Bu platforma “Atmosfera havosining ifloslanishini monitoringini avtomatlashtirish” loyihasi doirasida, Uzgidromet, Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, ilmiy tadqiqot institutlari va Zamin xalqaro jamoat fondi hamkorligida ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalari va ko‘plab doimiy kuzatuv punktlari orqali olingan ma’lumotlar uzatiladi.
Platformada atmosfera havosi sifati darajalari uchun ilyoslanish indekslari (IZA / AQI) shkalalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga qarab aholiga sog‘liq uchun xavf darajasi va profilaktik tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, har bir hudud bo‘yicha bo‘limlar bo‘yicha iqlim, zararli moddalar va holat statistikasi mavjud bo‘lib, bu ma’lumotlar ekologik holatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Atmosfera havosi sifatini real vaqtda aniqlash orqali aholini zararli moddalarga duchor bo‘lishidan oldin ogohlantiradi.
Suv va tuproq ifloslanishi bo‘yicha indikatorlarni jamlab, atrof‑muhit holatini yaxlit baholashga yordam beradi.
Shoshilinch holatlar va ekologik xavflar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor taqdim etib, tegishli chora‑tadbirlarni rejalashtirishda asos bo‘ladi.
Tizim raqamli hukumat tizimining Idoralararo integatsiyalashuv platformasi orqali 10 dan ortiq vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashgan.
Tizmidan bir vaqtning oʻzida 10 mingga yaqin foydalanuvchilar tomonidan foydalanish imkoniyati mavjud.