solution icon
Meteorologik kuzatuvlarning yagona portal DATA.METEO.UZ
O‘zbekiston hududidagi meteorologik, agrometeorologik, gidrologik hamda atmosfera ifloslanishi va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari ma’lumotlarni markazlashtirish va foydalanuvchilarga ishonchli axborot taqdim etish. data.meteo.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Rasmiy va ishonchli manba – ma’lumotlar Oʻzgidromet xizmati agentligi tomonidan taqdim etiladi.
  • advantage icon Tez-tez yangilanadigan ma’lumotlar – ob-havo ko‘rsatkichlari real vaqtga rejimda beriladi va har 10 daqiqada yangilanadi.
  • advantage icon Interaktiv xaritalar – ma’lumotlarni hududlar kesimida qulay vizual tahlil qilish imkoniyati mavjud.
  • advantage icon Interaktiv xaritalar – ma’lumotlarni hududlar kesimida qulay vizual tahlil qilish imkoniyati mavjud.
  • advantage icon API orqali integratsiya imkoniyati – boshqa axborot tizimlari va ilovalar bilan bog‘lash mumkin.
Portal haqida

Ushbu axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Qarorda gidrometeorologiya sohasida axborot tizimlarini joriy etish, raqamli ma’lumotlarni markazlashtirish hamda foydalanuvchilarni ishonchli va tezkor meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash vazifalari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida olib boriladigan meteorologik, gidrologik va agrometeorologik kuzatuvlar natijalarini jamlash, saqlash va foydalanuvchilarga yetkazish uchun mo‘ljallangan yagona axborot tizimidir. Tizim O‘zgidromet faoliyati doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat miqyosida ob-havo va atrof-muhit holatini monitoring qilish zaruratiga asoslanadi.
Tizim keng foydalanuvchilar doirasi uchun mo‘ljallangan: davlat tashkilotlari, favqulodda vaziyatlar xizmatlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, ekologlar hamda IT-mutaxassislar undan o‘z faoliyatida foydalanishlari mumkin. Shuningdek, oddiy foydalanuvchilar ham hududiy ob-havo va atrof-muhit holati bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Interaktiv xaritalar, statistik va tarixiy ma’lumotlar, shuningdek API orqali integratsiya imkoniyati tizimdan foydalanishni qulay va samarali qiladi. Natijada, data.meteo.uz foydalanuvchilarga ob-havo va ekologik holat bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish, xavflarni oldindan baholash hamda tahliliy ishlarda foydalanish imkonini beruvchi muhim platforma hisoblanadi.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
O‘zbekiston Respublikasi hududida meteorologik, gidrologik va agrometeorologik ma’lumotlarni yagona axborot platformasida to‘plash.
Real vaqt rejimida ob-havo va atrof-muhit holati haqida ma’lumotlarni taqdim etish.
Davlat organlari va boshqa foydalanuvchilarni qarorlar qabul qilish uchun ishonchli va tezkor axborot bilan ta’minlash.
Meteorologik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuv orqali raqamli xizmatlarni rivojlantirish.

Tizim vazifalari:
Ushbu tizimning asosiy vazifasi mavjud meteorologik ma’lumotlarni yagona platformada birlashtirish, ularni real vaqt rejimida taqdim etish va tahlil qilish imkoniyatidan iborat. Tizim meteorologik ma’lumotlarga cheklangan va o‘z vaqtida kirmaslik hamda qaror qabul qilish uchun ishonchli ma’lumotlarning yetishmasligi kabi muammolarni hal qiladi.

Statistika

Tizim raqamli hukumat tizimining Idoralararo integatsiyalashuv platformasi orqali 10 dan ortiq vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashgan.

Tizmidan bir vaqtning oʻzida 10 mingga yaqin foydalanuvchilar tomonidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Meteorologik, gidrologik va agrometeorologik ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish va ko‘rsatish.
  • opportunity icon Hududlar va meteorologik stansiyalar kesimida ma’lumotlarni interaktiv xaritalar orqali vizuallashtirish.
  • opportunity icon Atmosfera havosining ifloslanishi (PM2.5 va boshqa ko‘rsatkichlar) bo‘yicha monitoringni amalga oshirish.
  • opportunity icon Tarixiy va statistik ma’lumotlarni saqlash hamda tahlil qilish imkoniyati.
  • opportunity icon Sun’iy yo‘ldosh (sputnik) ma’lumotlarini ko‘rish va tahlil qilish.
  • opportunity icon API orqali boshqa axborot tizimlari va ilovalar bilan integratsiya qilish.