solution icon
“Sug‘urta polislarining yagona reyestri” Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (EAIS “ERSP”, YAAT)
YAATning asosiy maqsadi sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyatini markazlashtirilgan, avtomatlashtirilgan va shaffof hisobga olishni ta’minlashdan iborat. ersp.e-osgo.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Markazlashtirilgan hisob – sug‘urta shartnomalari, polislari, qayta sug‘urtalash shartnomalari va sug‘urta da’volarining yagona reyestri.
  • advantage icon Jarayonlarni avtomatlashtirish – sug‘urta polislarini avtomatik rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish, seriya va raqamlarini shakllantirish.
  • advantage icon Shaffoflik va nazorat – polislarning haqiqiyligini tekshirish, sug‘urtalanganlik holatini aniqlash va sug‘urta operatsiyalarini kuzatib borish imkoniyati.
  • advantage icon Idoralararo integratsiya – davlat organlari, idoralar va sug‘urta bozori ishtirokchilari bilan ma’lumotlarni avtomatik almashish.
  • advantage icon Tezkor tahlil – sug‘urta bozorini onlayn rejimda monitoring qilish va boshqarish uchun dolzarb hisobotlar hamda tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish.
Loyiha haqida

YAAT barcha sug‘urta turlari (sinflari) bo‘yicha sug‘urta shartnomalari, sug‘urta polislari, qayta sug‘urtalash shartnomalari, sug‘urta da’volari va ular bilan bog‘liq ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish uchun mo‘ljallangan. Tizim sug‘urta polislari va shartnomalarining seriya va raqamlarini shakllantirish, tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash, ularning haqiqiyligini tekshirish, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mavjudligini aniqlash, shuningdek hisobot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi. YAAT sug‘urtalovchilar, sug‘urtalanuvchilar va sug‘urta bozorining boshqa ishtirokchilari, davlat organlari hamda sug‘urta faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va tahlil qilish vakolatiga ega tashkilotlar uchun mo‘ljallangan..

YAAT davlat organlari, idoralar va sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda almashish va sug‘urta sohasiga oid axborotni markazlashtirilgan holda hisobga olish imkonini beradi. Tizim orqali elektron sug‘urta polislarini ko‘rish va yuklab olish imkoniyati mavjud.

Tizim maqsadlari va vazifalari

YAATni maqsadi sug‘urta sohasining yagona axborot bazasini shakllantirish, ko‘rsatkichlarning shaffofligini oshirish va sug‘urta bozorini tahlil qilishni takomillashtirishdan iborat.

Sug‘urta shartnomalari, polislar, qayta sug‘urtalash shartnomalari va sug‘urta da’volari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, qayta ishlash va saqlash.
Barcha sug‘urta turlari (sinflari) bo‘yicha sug‘urta shartnomalari va polislarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish. 
Sug‘urta polislari va shartnomalarining seriya va raqamlarini avtomatik shakllantirish. 
Sug‘urta shartnomalarini YAAT orqali elektron shaklda rasmiylashtirish. 
Qayta sug‘urtalash shartnomalarini, shu jumladan ofertalar va qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatga olish va hisobga olish.
Majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish uchun arizalarni qabul qilish va qayta ishlash.
E-da’volar va RE-da’volarni o‘z ichiga olgan sug‘urta da’volarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish.
Sug‘urta da’volarining belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini hisobga olish va nazorat qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalanganlik holatini aniqlash.
Elektron sug‘urta polislari va shartnomalarining haqiqiyligini tekshirish.
Sug‘urta mukofotlari va sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq to‘lov operatsiyalarini markazlashtirilgan hisobga olish.
YAATni davlat organlari, vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning axborot bazalari bilan integratsiya qilish.
Tuzilgan shartnomalar, berilgan polislar, sug‘urta mukofotlari, da’volar va sug‘urtalovchilar faoliyati bo‘yicha hisobot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish.
YAAT ma’lumotlari va sug‘urtalovchilar hisobotlari asosida sug‘urta bozorini avtomatlashtirilgan tahlil qilish.
Belgilangan mezonlar asosida sug‘urtalovchilarning reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash va yagona reytingni shakllantirish.
Insofsiz sug‘urta agentlarining reyestrini yuritish.
Sug‘urta polislari va shartnomalarini rasmiylashtirish, berish va hisobga olish bilan bog‘liq operatsiyalarni audit qilish va kuzatish imkoniyatini ta’minlash.
Sug‘urta axborotlarini markazlashtirilgan yuritish orqali ma’lumotlarning sifati, ishonchliligi va dolzarbligini oshirish.
Sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirish, polislar berish, da’volarni ko‘rib chiqish va hisobot tayyorlashga sarflanadigan vaqt va mehnat xarajatlarini qisqartirish.
Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish, shuningdek dolzarb va ishonchli ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot bazasini ta’minlash.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Sug‘urta shartnomalari va polislarini ro‘yxatga olish va hisobga olish.
  • opportunity icon Polislarning seriya va raqamlarini avtomatik shakllantirish.
  • opportunity icon Sug‘urta va qayta sug‘urtalash da’volarini ro‘yxatga olish va qayta ishlash.
  • opportunity icon Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalanganlikni aniqlash.
  • opportunity icon Sug‘urta mukofotlari va to‘lov operatsiyalarini hisobga olish.
  • opportunity icon Sug‘urta polislarining haqiqiyligini tekshirish.
  • opportunity icon Sug‘urta agentlari va sug‘urtalovchilar reyestrini yuritish.
  • opportunity icon Hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish.
  • opportunity icon Sug‘urtalovchilarning reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash.
  • opportunity icon Sug‘urta ma’lumotlarini saqlash va arxivlash.
  • opportunity icon Davlat axborot tizimlari bilan axborot almashinuvini ta’minlash.
  • opportunity icon Foydalanuvchilar harakatlari va tizim operatsiyalarining auditini yuritish.