solution icon
Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimi
Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish internship.ilmiy.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Xorijiy ilmiy stajirovka tanlov jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydi
  • advantage icon Yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot sohasidagi bilim va koʻnikmalarini xorijiy tajribalar orqali oshirishga koʻmaklashadi
  • advantage icon Xorijiy ilmiy stajirovkaga hujjat topshirish, arizalarni koʻrib chiqish va natijalarni kuzatish jarayonini soddalashtiradi
Loyiha haqida

Yosh olimlarning xorijiy ilmiy stajirovkalarini tashkil etish va xalqaro tajribani oʻrganishlariga koʻmaklashish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish bilan bogʻliq qogʻoz hujjat aylanishini 10% ga kamaytirish
Xorijiy ilmiy stajirovkaga hujjat topshirish, arizalarni koʻrib chiqish va natijalarni kuzatish jarayonini soddalashtirish
Xorijiy ilmiy stajirovka tanlov jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash
Yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot sohasidagi bilim va koʻnikmalarini xorijiy tajribalar orqali oshirishga koʻmaklashish vazifasini raqamlashtirish orqali muvofiqlashtirish
Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha takliflarni qabul qilish
Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni eʼlon qilish
Tanlov ishtirokchilarini saralash jarayonining shaffofligini oshirish
Tanlovlar gʻoliblarini xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborishni rasmiylashtirish
Xorijiy ilmiy stajirovka yakuni boʻyicha hisobotlarni qabul qilib olish jarayonini yaxshilash.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish
  • opportunity icon Hujjatlarni elektron qabul qilish, koʻrib chiqish va tasdiqlash. Tanlov va qabul jarayonlarini boshqarish
  • opportunity icon Foydalanuvchilar va ularning vakolatlarini boshqarish. Jarayonlar holatini real vaqt rejimida kuzatish va monitoring qilish
  • opportunity icon Statistik, tahliliy va boshqaruv hisobotlarini shakllantirish. OneID va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish