- axborot tizimlarini o‘zaro integratsiyalash;
- belgilangan qoidalarga muvofiq xabarlarni marshrutlash;
- xavfsiz aloqa kanallari orqali axborot tizimlari o‘rtasida kafolatlangan ma’lumotlarni uzatish;
- axborot tizimlari bilan bog'liq hodisalar haqida xabar berish;
- statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish.
Axborot almashinuvi va integratsiya bilan bog‘liq jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 516-son qarori bilan tartibga solingan.