Mazkur axborot tizimi o‘rmon fondi yerlarida:
uchun elektron ruxsatnoma (onlayn bilet) berishni avtomatlashtiruvchi raqamli platforma hisoblanadi.
Tizim orqali fuqarolar va tadbirkorlar onlayn ariza topshirib, yaylov hududini tanlaydi, chorva sonini ko‘rsatadi, to‘lovni amalga oshiradi va elektron ruxsatnomani oladi.
Shu bilan birga tizim:
real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi.
Tizim maqsadlari:
Tizim vazifalari:
2025 yil holatiga ko‘ra, onlayn ruxsatnoma berish tizimidan foydalanuvchilar soni 2800 nafarga yetgan. Yil davomida o‘rmon fondi yaylov yerlarida chorva mollarini o‘tlatish va pichan o‘rish uchun jami 51 000 ta elektron ruxsatnoma berilgan. Portalga yil davomida 90 mingdan ortiq tashrif amalga oshirilgan. Ruxsatnomalar berish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilib, arizalarni ko‘rib chiqish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Tizim joriy qilinishi natijasida qog‘oz hujjatlardan foydalanish taxminan 80 foizga qisqargan, xizmat ko‘rsatish vaqti esa avvalgi 3–5 kundan onlayn tarzda bir necha daqiqagacha qisqartirilgan.