solution icon
“OSON ISH” axborot tizimi
Vakansiyalar va resumelar bazasini shakllantirish osonish.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ish qidiruvchilar uchun: resume joylash va ish topishga ko’maklashish
  • advantage icon Ish beruvchilar uchun: vakansiyalarni e’lon qilish va xodim topishga ko’maklashish
  • advantage icon Bandlik agentliklari uchun: nomzod–vakansiya mosligini avtomatik filtrlash orqali sifatli xizmat ko’rsatish
  • advantage icon Jamiyat uchun: bandlikni nazorat qilish, statistik tahlil orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash
Loyiha haqida

Tizimni ishlab chiqishga asos - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2017 yildagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5052-son farmoni hisoblanadi.

Tizimning asosiy foydalanuvchilari ish qidiruvchilar va ish beruvchilar bo’lib

ish qidiruvchilar tizimga o’zlarining resumelarini joylashi, resumega mos vakansiyalar bilan tanishib chiqishi, vakansiyaga taklif bildirishi, ish beruvchi tomonidan kelib tushgan takliflarni ko’rishi hamda ish beruvchilar bilan chat orqali bog’lanishi

ish beruvchilar tizimga o’zlarining bo’sh ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlarini joylashi, bo’sh ish o’rniga mos resumelar bilan tanishib chiqishi, ish qidiruvchilarga taklif yuborishi, suhbatga chaqirishi, ish qidiruvchilardan kelib tushgan takliflarni ko’rib chiqishi hamda mos nomzod topilgan taqdirda ish beruvchining xohishiga ko’ra uni YMMT tizimida ishga olish jarayonini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirishi mumkin

Tizimning maqsad va vazifalari

Mehnat bozori ishtirokchilari bo‘lgan ish beruvchilar va ish qidiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish, vakansiyalar va mehnat resurslari to‘g‘risidagi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, optimal algoritmlar asosida ish o‘rinlari hamda nomzodlar o‘rtasida maksimal darajada muvofiqlikni ta’minlash, ish topish va mutaxassis topish jarayonini optimallashtirish, tizim ma’lumotlari asosida turli statistik, dinamik va strategik ma’lumotlarni taqdim qilish

Bo’sh ish o’rinlari bazasini yaratish va uning ochiq va shaffofligini ta’minlash

Resumelar bazasini ochiq va tizimli shakllantirish

Ish qidiruvchi fuqarolarga resume yaratish orqali mos ish o‘rinlarini topishga ko‘maklashish

Imkoniyatlari
  • opportunity icon - Vakansiya yaratish, vakansiya ma’lumotlarini ko’rish, o’chirish, arxivlash, filtrlash, saralash, vakansiyaga mos resumelarni avtomatik taqdim etish
  • opportunity icon - Resume yaratish, resume ma’lumotlarini ko’rish, o’chirish, arxivlash, filtrlash, saralash, resumega mos vakansiyalarni avtomatik taqdim etish
  • opportunity icon - Ish beruvchi/Ish qidiruvchi tomonidan taklif yuborish, takliflarni ko’rib chiqish, o’zaro chat orqali muloqot qilish