Xavfsizlink.uz — siz bilmagan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi mumkin bo‘lgan havola va fayllardan himoya qiluvchi tizimdir.
Birgina bosilgan havola kamerangizni yoqishi, joylashuvingizni aniqlashi yoki mikrofoningiz orqali sizni eshitish mumkin. Ko‘plab zararli saytlar aynan shunday yo‘l bilan foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritmoqda.
Xavfsizlink.uz shubhali saytlar, firibgarlik havolalari va yashirin zararli fayllarni aniqlab, foydalanuvchini ogohlantiradi.
Bu tizim barcha internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — sizni firibgarlik va ma’lumotlar o‘g‘irlanishidan himoya qilishdir.
Internetdagi shubhali havola va fayllarni aniqlash.
Kamera, mikrofon va lokatsiyaga yashirin ruxsat so‘ralishini oldindan aniqlash.
Foydalanuvchilarni zararli saytlar va firibgarliklardan himoyalash.
Shubhali havola va fayllarni avtomatik tekshirish.
Zararli va firibgarlik saytlarini aniqlash.
Kamera, mikrofon va lokatsiyaga yashirin ruxsatlarni aniqlab, foydalanuvchini ogohlantirish.
Avtomatik yuklab olinadigan fayllarni tahlil qilish.