solution icon
“Atrof-muhit monitoring yagona geoaxborotlar ma’lumotlar bazasi”
"Yagona ekologik monitoring geoma’lumotlar bazasi" 14 ta hududiy laboratoriya ma’lumotlarini sanoat tashlamalarini masofadan turib doimiy nazorat qilish uchun birlashtiradi. gis.uznature.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Tizim sanoat korxonalaridagi ifloslanish darajasini masofadan to‘plash va doimiy monitoring qilish uchun 14 ta hududiy laboratoriyani birlashtiradi.
  • advantage icon Tizim asosida ob’ektlar reyestri yuritiladi hamda havo, suv va tuproqqa chiqarilayotgan tashlamalar ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
  • advantage icon Tizimda monitoring qilinadigan obektlarni qo‘shish, pasportlarini shakllantirib borish va ularga tegishli monitoring natijalarini yig‘ib borish
Loyiha haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil, 4-sentabrdagi VMQ-737-son qaroriga asosan ishga tushirilgan “Atrof-muhit monitoring yagona geoaxborotlar ma’lumotlar bazasi” tizimi hududlardagi ekologik laboratoriyalar tomonidan Respublikadagi sanoat korxonalaridan chiqarilayotgan ifloslanish darajasi natijalarini masofadan bir bazaga jamlash va doimiy monitoring yuritish maqsadida yaratilgan

Ushbu tizim yordamida Respublikadagi sanoat obyektlarining reyestri va normativlari shakllantirilgan, sanoat korxonalarining manbalarida laboratorik tahlillar o’tkazish va natijalarni yuborish yordamida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlamalar, suv resurslariga tashlanayotgan tashlamalar va tuproq tarkibini ifloslanish darajalari natijalari tahlil qilib boriladi.

Tizimninq maqsadi va vazifasi

Tizim maqsadlari:
“Atrof-muhit monitoring yagona geoaxborotlar ma’lumotlar bazasi” tizimi orqali respublikada mavjud 1-4 toifalarga mansub korxonalarning monitoring natijalari shuningdek, VMQ-737 va VMQ-343 (2021-2025 yillarda O‘zbekiston respublikasida atrof-tabiiy muhitning monitoring dasturlarda) nazarda tutilgan obyektlar monitoring natijalarini shakllantirib borish.
Tizim vazifalari:
Respublikaning ekologik monitoring yo‘nalishlardagi barcha zaruriy ma’lumotlarni bir joyda raqamlashtirilgan holda saqlash, tizim imkoniyatlari doirasida ma’lumotlar asosida ekologik holatni tahlil qilish va baholash, prognozlash, modellashtirish maqsadida boshqa tizimlarga zaruriy ma’lumotlarni yo‘naltirish.

Statistika

“Atrof-muhit monitoring yagona geoaxborotlar ma’lumotlar bazasi”  tizimga 500 dan ortiq havo obyektlari, (1700-dan ortiq manba), 400-dan ortiq suv obyektlari, (1000-dan ortiq manba), 300 dan ortiq tuproq obyektlari, (900-dan ortiq manba), jami 1300 dan ortiq obyekt va 3700-ta manba shakllantirilgan.

Tizimda yuqorida keltirilgan IMM obyektlarga tegishli 3-ta bo‘lim asosida quyidagi monitoring natijalari jamlangan: havoda 22104-ta, suvda 100540-ta, tuproqda 21783-ta.
 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Nazorat qilinadigan obyektlarning laboratoriya tahlili natijalari tizimga kiritilganda, ularni ekologik standartlar bilan taqqoslash va standartdan og‘ishlarni ko‘rsatish funksiyalari avtomatik ravish
  • opportunity icon Bundan tashqari, tizim ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun universal API orqali tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish imkoniyatini taqdim etadi.
  • opportunity icon Shuningdek, sanoat korxonalarining manbalariga o‘rnatilgan avtomatik datchiklar yordamida atmosfera chiqindilari bo‘yicha ma’lumotlar asosida ifloslanish darajalarini tahlil qilish imkoniyati ham jori