solution icon
"Mening uyim" axborot billing tizimi
Ko'p qavatli uylarni boshqarish tashkilotlarining ishini optimallashtirish va markazilashgan holda hisobini yuritish tizimi. meninguyim.mjko.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Respublika boʻyicha koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish uchun majburiy badallarni avtomatik hisoblash va onlayn toʻlash imkoniyati
  • advantage icon Yashash joyi boʻyicha ma'lumotnoma olish va qarzdorlikni koʻrish imkoniyati
  • advantage icon Biriktirilgan uylarda yashovchi abonentlar ma'lumotlarini yagona bazaga raqamlashtirish
  • advantage icon Boshqaruv tashkilotlariga murojaatlarni yuborish, yigʻilish bayonnomalari va boshqa hujjatlarni raqamlashtirish
Tizimning maqsadi va vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

“Mening uyim” billing tizimining ishga tushirilishi bilan quyidagi muammolar hal etildi:

Boshqaruv tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish;

Aholining majburiy badallari tushumini real vaqt rejimida hisobga olishni joriy etish;

Majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni aniqlashni raqamlashtirish.

Tizimda ro'yxatdan o'tish

Jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari yoki ruxsat olishlari shart emas. Tizimdan foydalanish uchun davlat xizmatchilari Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tishi kerak. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiyalash
  • opportunity icon Majburiy toʻlovlarni avtomatik hisoblash
  • opportunity icon Onlayn toʻlov va toʻlovlar tarixini aks ettirish
  • opportunity icon Qarzdorlikni aniqlash va monitoring qilish
  • opportunity icon Abonentlar va uy-joylarning yagona ma'lumotlar bazasini yuritish
  • opportunity icon Elektron hujjatlarni shakllantirish va saqlash
  • opportunity icon Murojaatlarni yuborish va koʻrib chiqish
  • opportunity icon Hisobotlar va tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish