“Yagona darcha” elektron bojxona xizmatlari portali - davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan elektron davlat xizmatlari Yagona portalda alohida yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Yagona portal yordamida uydan chiqmasdan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun elektron shaklni to‘ldirish va kerakli xizmatdan foydalanish uchun so‘rov yuborish kifoya. Masalan, ekologik sertifikat, veterinariya ruxsatnomasi, kelib chiqish sertifikati, xavfli yuklar boʻyicha Mudofaa vazirligi ruxsatnomasi, portlovchi moddalar va portlatish vositalarini olib kirishga ruxsatnoma, madaniy boyliklarni respublikadan olib chiqish uchun ruxsatnoma, radioaloqa vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish va boshqa xizmatlar.
Ma’muriy tartibotlarni maqbullashtirish, shuningdek, vakolatli organlar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ma’lumotlar almashish mexanizmini yaratish orqali bojxona va u bilan bog‘liq sohalardagi to‘siqlarni kamaytirish.
Foydalanuvchilarga import, eksport va tranzitga tegishli bo‘lgan hujjatlarni yagona elektron manzildan standartlashtirilgan (bir xil shaklda) tartibda qabul qilish va jo‘natish imkoniyatini yaratish hisoblanadi.
Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchunsoliq organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron raqamli imzo (ERI) kalitidan foydalaniladi.