O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabr kunidagi ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, jamiyatimiz tomonidan yo‘lovchilarga barcha yo‘lovchi poyezdlarga temir yo‘l chiptalarini “eticket.railway.uz” veb-sayti hamda “Uzrailways ticket” ilovalari orqali onlayn tarzda xarid qilishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarori ijrosi yuzasidan, 2023-yil fevral oyidan boshlab, jamiyatimizning yo‘lovchi poyezdlarga onlayn tarzda chiptalarni sotish uchun joriy qilingan eticket.railway.uz web-sayti orqali imtiyozli yo‘lovchilar (talabalar va pensionerlar)ga chegirmali chiptalarni xarid qilishlari uchun imkoniyatlar joriy qilingan.
Mazkur, temir yo‘l chiptalarini onlayn tarzda “eticket.railway.uz” veb-sayti hamda “Uzrailways ticket” ilovalari orqali rasmiylashtirishlari uchun joriy qilingan tizim, birinchi navbatda bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda inson omili mavjud bo‘lmagan tarzda bevosita foydalanuvchilar tomonidan chiptalarni rasmiylashtirishlari uchun imkoniyatlar beradi. Shuningdek, mazkur tizim “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlarini yanada rivojlantirishni, yo‘lovchilarning chiptaxonalarga murojaatini minimallashtirishga yo‘naltirilgan loyiha va tashqi tashkilotlarni jalb etmagan holda temir yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish ko‘lamini kengaytirishni o‘z ichiga oladi.
- Barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarni onlayn tarzda qidirish, sotib olish va kuzatish imkoni mavjud — bu an’anaviy chiptaxonaga borib navbat kutishga hojat qoldirmaydi. Ya’ni Marshrut va sanani tanlab, poyezd yo‘nalishlarini qidirish va chiptalarni tez sotib olish mumkin.
- Foydalanuvchilar tomonidan bank kartalari orqali onlayn xavfsiz to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
- Onlayn tarzda xarid qilingan chiptalar QR-kod bilan tekshiriladi va smartfonda ko‘rsatish orqali poyezdga chiqish qulay.
- eticket.railway.uz veb-sayti yo‘lovchi poyezdlarning nomlari, yo‘nalishlari va jadvalini to‘liq ko‘rsatadi, shuning uchun sayohatni oldindan rejalashtirish imkoni mavjud.
Umumiy qilib, eticket.railway.uz sayti yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarini xarid qilishni oson, tez va qulay tizimi hisoblanadi - ayniqsa sayohatni oldindan rejalashtirayotganlar uchun.
“eticket.railway.uz” tizimidan foydalanish uchun “eticket.railway.uz” tizimining bosh sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun elektron pochta manzilini, telefon raqamini, google tizimidagi elektron pochta manzilini, One ID elektron pochta manzilini yoki telegaramm mesenjerini kiritishi kerak.
Yo‘lovchilar tomonidan barcha yo‘lovchi poyezdlarga ortiqcha vaqt sarflamasdan onlayn tarzda chiptalarni xarid qilishlari.
- Yo‘lovchilar tomonidan tizimda mavjud bo‘lgan barcha chegirmali chiptalarni onlayn tarzda rasmiylashtirishlari.
- Yo‘lovchilar tomonidan chiptalarga korparativ plastik kartalar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda, ularga onlayn tarzda hisob varoq yuborish imkoniyati mavjudligi.
- Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni onlayn tarzda tizimga qaytarish tizimi mavjudligi.
- Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda tizimga qaytarilgan chiptalarning pul mablag‘larini avtomatik tarzda to‘lov amalga oshirilgan plastik kartalariga qaytarish tizimini mavjudligi.
- Yo‘lovchilar tomonidan onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni PDF shaklda yuklab olish va ushbu fayl bilan yo‘lovchi poyezdlarga chiqish imkoniyatini mavjudligi.
Tizimni oʻrnatish vaqtida eticket.railway.uz foydalanuvchilarining oʻrtacha soni taxminan 1,5 millionni tashkil etdi.


