solution icon
O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali
Ochiq ma’lumotlar portali mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga hukumat ma’lumotlari to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etadi data.egov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ochiq ma’lumotlar to‘liq elektron formatda, Internet orqali qulay va o‘zgartiriladigan shaklda mavjud
  • advantage icon Ochiq ma’lumotlar erkin foydalanish, tarqatish va boshqa manbalar va ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish uchun taqdim etilgan
  • advantage icon Ochiq ma’lumotlar axborotlaridan foydalanishda qandaydir sabablarga ko‘ra shaxslarga bo‘lgani kabi guruhlarga ham cheklovlar qo‘yilmaydi
Portal haqida

Ochiq ma’lumotlar ­­ — ko‘p marotaba mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, “Internet” tarmog‘iga tizimlashtirilgan, ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir. 

Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, portal fuqarolar, tadbirkorlar va turli sohalar mutaxassislari faoliyatida ochiq ma’lumotlarni ishlatish, ma’lumotlarni tahlil qilish, mobil ilovalarni ishlab chiqish yoki tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan. 

Portalning maqsad va vazifalari

Davlat organlarining ochiq ma’lumotlar shaklidagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarini oshkor qilish;

Ochiq ma’lumotlardan foydalanish va nashr etish hisobiga davlat organlari faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi, jamoatchilik nazoratini o’tkazish, shuningdek, fuqarolar va biznes uchun yangi xizmatlar tashkil etish imkoniyati beriladi;

Ochiq ma’lumotlar shaklida Davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma‘lumot va axborotlarni nashr qilish, ularni turli axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini ishlab chiqishda, shuningdek, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalarda ma’lumotlar manbalari sifatida ishlatish.

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Ochiq ma’lumotlar portali xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug‘ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak. Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan o‘tgan fuqaroga Ochiq ma’lumotlar portalida ishlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi mas’ul xodimlari orqali ruxsat beriladi.

Asosiy bosqichlar xronologiyasi

2015: Ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingandan so‘ng portalning ishga tushirilishi.

2017–2024: Kengroq elektron hukumat infratuzilmasida xosting; xizmatlarni rivojlantirish va kengaytirish.

2025: 2025-yil mart holatiga ko‘ra, 3094 dan ortiq davlat raqamli loyihalari yangi tashkil etilgan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan muvofiqlashtirildi, unga ochiq ma’lumotlar tashabbusi ham kiradi. (Portal yagona elektron hukumat portali orqali taqdim etiladigan davlat xizmatlarining 82% qismiga kiradi, ushbu portal 735 ta xizmatni qamrab oladi.)

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish, interaktiv xaritaga obyektning geografik joylashuv ma’lumotlarini kiritish mumkin
  • opportunity icon Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olish mexanizmi
  • opportunity icon Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini o‘z vaqtida joylashtirish va ularni yangilash ustidan avtomatik ravishda nazorat qilish
  • opportunity icon Ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga, jumladan, ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar
  • opportunity icon Har bir ma’lumotga alohida takrorlanmas ID biriktirish hamda tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash va izlashni uning yordamida amalga oshirish imkoniyati