my.gov.uz orqali sug‘urta xizmatlariga 133 mingdan ortiq ariza kelib tushdi!
2026-08-01 00:00

Mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlarining qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonda my.gov.uz portali fuqarolarning og‘irini yengil qiluvchi va vaqtini tejovchi eng qulay platformaga aylandi.

2026-yilning o‘tgan davrida birgina sug‘urta xizmatlari bo‘yicha portal orqali jami 133 178 ta elektron ariza yuborilgan.

Arizalar soni bo‘yicha TOP-3 hudud:

Toshkent shahri — 51,7 ming (jami arizalarning 39% ulushi)
Toshkent viloyati — 16,5 ming 
Samarqand viloyati — 10,1 ming

Ariza yuborish nuqtalari:

my.gov.uz portali orqali — 66,4% 
MyGov ilovasi orqali — 33,6%

Foydalanuvchilar toifasi:

Jismoniy shaxslar — 97,43% 
Yuridik shaxslar — 2,57%

Qiziqarli fakt!

Foydalanuvchilarning eng yuqori faolligi ertalabki soat 07:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan oraliqda kuzatilgan. Shu bir soat ichida 16 861 ta ariza (jami arizalarning 12,7% qismi, ya’ni har 8-ariza) yuborilgan.

my.gov.uz bilan sug‘urta xizmatlaridan istalgan joyda, navbatlarsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz foydalaning!

Manba: egov.uz

49 просмотров
Дата изменения:2026-10-23 09:45