Veb-saytimizda aviabilet bron qilish va sotib olish uchun siz bir necha oddiy amallarni bajarishingiz kerak:
Saytning asosiy sahifasida yo‘nalish, jo‘nab ketish sanasi, "Bir tomonga" yoki "Borish-qaytish" parvozini tanlash, yo‘lovchilar sonini va to‘lov shaklini belgilash, so‘ngra "Biletni sotib olish" tugmasini bosish zarur.
Keyin Sizga tanlangan sana bilan yaqin yoki mos keladigan parvozlar ro‘yxati taqdim etiladi.
Ushbu yo‘nalishda qatnovlar amalga oshirilmaydigan kunlar och rangda belgilangan.
Shaxsiy ma’lumot shaklini ehtiyotkorlik bilan to‘ldiring (pasport ma’lumotlari fotosurat joylashgan sahifadan kiritiladi), shuningdek, zaruriy aloqa ma’lumotlarini taqdim eting.
Aloqa telefon raqami namunaga muvofiq – 9 ta raqam bo‘sh joysiz kiritiladi. Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qiling, so‘ngra "Bron qilish" tugmasini bosing.