solution icon
ELEKTRON SOLIQ XIZMATLARI PORTALI
Soliq xizmati organlari tomonidan aholi va biznesga koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, soliq toʻlovchilarning xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish my.soliq.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Portal haqida

Portal - soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish nuqtasi hisoblanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan elektron davlat xizmatlari portalda alohida yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatiladi.

Portal yordamida uydan chiqmasdan eksterritorial asosda elektron soliq xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun elektron shaklni to‘ldirish va kerakli xizmatdan foydalanish uchun so‘rov yuborish kifoya. Masalan, soliq kalkulyatori, solishtirma dalolatnoma, ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish, soliq qarzi mavjud emasli toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish.

Portalning maqsad va vazifalari

soliq toʻlovchilarga oʻzlarining soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;

- soliq toʻlovchilarga xizmatlardan electron koʻrinishida va eksterritorial tamoyil asosda xizmat koʻrsatish;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;

          - davlat xizmatlarini olishda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun xarajatlarni kamaytirish.

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Jismoniy va yuridik shaxslar soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olinganda ular uchun avtomatik tarzda shaxsiy kabinet yaratiladi. Soliq xizmatlari portalida xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi vositalaridan (id.egov.uz login-paroli, Mobile-ID, ERI, ID-karta) biri orqali shaxsiy kabinetga kirish kifoya.

Статистика использования личных кабинетов налогоплательщиками

 

 

Бюджетные расчеты

Состояние использования государственных информационных услуг

Расмотрение обращений и заявлений

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon elektron davlat soliq xizmatlaridan foydalanish
  • opportunity icon Soliq organlariga murojaat yuborish, yuborilgan murojaatlar holatini kuzatish hamda xizmat ko‘rsatish natijasini yuklab olish
  • opportunity icon Soliq majburiyatlarini elektron koʻrinishida amalga oshirish
  • opportunity icon soliqlar toʻlash va qarzdorlik holatini doimiy monitoring qilish va boshqalar