solution icon
“E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI
Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash e-auksion.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Masofadan turib, onlayn ishtirok etish
  • advantage icon Elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlar amalga oshirish imkoniyati
Loyiha haqida

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi – jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini realizatsiya qilishning yagona platformasi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga moʻljallangan elektron-onlayn auksionlar savdo platformasida alohida yoʻnalishlar boʻyicha taqdim etiladi.

Savdo platformasi yordamida uydan chiqmasdan elektron-onlayn savdolarda ishtirok etish mumkin. Buning uchun savdo platformasida roʻyxatdan oʻtish, tegishli lotlarga ariza topshirish va auksionlarda ishtirok etish kifoya. Masalan, koʻchmas mulklarni sotib olish yoki ijaraga olish, transport vositalari, qishloq xoʻjaligi va dehqon xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari, tashqi reklama obyektlari, yer qari uchastkalaridan foydalanish, koʻchma savdo joylari, elektr stansiyalar qurish huquqi va boshqa turdagi auksionlarda onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.

Platformaning maqsad va vazifalari

Asosiy maqsadlar:

  • jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash;
  • narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;
  • elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;
  • axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.
  • yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha auksion va tanlov savdolarini tashkil etish.

 

Asosiy vazifalar:

  • elektron auksionlar o‘tkazish va g‘olibni aniqlash;
  • elektron tanlov savdolarini o‘tkazish va g‘olibni aniqlash;
  • ishtirokchilarning elektron savdolarda qatnashish uchun arizalarini avtomatik tekshirish;
  • elektron savdo ishtirokchilari ro‘yxatini avtomatik shakllantirish;
  • elektron savdo natijalarini avtomatik aniqlash;
  • savdo ishtirokchilari o‘rtasida kliring xizmatini ko‘rsatish;
  • ishtirokchilarning tanlov takliflarini avtomatik baholash;
  • davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha “xususiy sherik”ni aniqlash bo‘yicha elektron auksionlar o‘tkazish;
  • hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarning o‘z tomorqalaridan foydalanishini baholash (shuningdek, chet eldan qaytgan migrantlarni hisobga olish).

Davlat tender komissiyasi va/yoki buyurtmachining qarorlari asosida amalga oshiriladigan tanlov obyektlariga talabgorlarning elektron arizalari va tegishli hujjatlari to‘plash

Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish

Savdolarda ishtirok etish uchun Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish lozim, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish orqali ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud. Buning uchun kirish tugmasini bosib, OneID bo‘limini tanlashi lozim

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Bayonnomalarni tekshirish
  • opportunity icon Ijara shartnomasini tekshirish
  • opportunity icon Nohalol ishtirokchini tekshirish
  • opportunity icon Sertifikatlar reyestri
  • opportunity icon Undiruvchi mulklari