solution icon
Yuk tashish jarayonida mijozlarga elektron xizmat ko‘rsatish tizimi
“e-nakl.railway.uz” elektron portali "Yagona darcha” tamoili asosida yuk egalariga yuk tashish jarayonida xizmat ko‘rsatishni elektron tarzda taqdim etish uchun yaratilgan e-nakl.railway.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Temir yo‘l orqali yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni masofadan turib taqdim etish imkoniyati
  • advantage icon Saytga kechayu-kunduz kirish imkoniyati
  • advantage icon Shartnoma ishlarini elektron boshqarish
  • advantage icon Mijozlarning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘larni tashish va nazorat qilishni tashkil etish jarayonining shaffofligini taʼminlash
  • advantage icon Kelgusi yuk operatsiyalari to‘g‘risida mijozlarga oldindan xabar berish
Loyiha haqida

Temir yo‘l transportidan foydalanuvchi  O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish, axborot tizimi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, barcha o‘zaro muloqatlarni internet orqali masofadan turib bajarish, elektron ma'lumotlar aylanmasini tashkil etishga qaratilgan.

Tizimning maqsad va vazifalari

“Yagona darcha” tamoyili asosida yaratilgan Veb-dastur yaratishning asosiy maqsadi:
Temir yo‘l transportida yuklarni tashish xizmatlarini  takomillashtirish;
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash;
Temir yo‘l transportidagi axborotlarini elektronlashtirish;
Temir yo‘l tizimidagi barcha xujjatlar aylanmasini elektron tarzda ta'minlash;
Temir yo‘l tasarrufida bo‘lgan, joylardagi korxonalar (stansiya, TexPD va boshqa tashkilotlar)  ishlarini nazorat qilish va ularning  barcha hisobotlarini onlayn tizimida o‘z vaqtida to‘liq olish;
Bank va moliyaviy ishlar xujjatlarini rasmiylashtirishda onlayn tizimi orqali ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Yuk tashish jarayonida,  temir yo‘l xizmatidan foydalanuvchilar uchun kulaylik yaratish maqsadida, temir yo‘l tariflarini xisoblash uchun, “Kal'kulyator”  moduli ishlab chikilgan. Bu modul' «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning https://www.railway.uz saytida joylashgan bo‘lib, xamma uchun ochik. Temir yo‘ldan foydalanmoqchi bo‘lgan barcha mijozlar saytimizga kirib, temir tariflarining bazoviy tariflarini olishlari  mumkin.

"e-nakl.railway.uz” Veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish:

Ro‘yxatdan o‘tish uchun biz turli xil axborot tizimlarida oson va xavfsiz kirish va ro‘yxatdan o‘tish uchun mo‘ljallangan yagona OneID identifikatsiya tizimidan foydalanamiz. Buning uchun mijoz OneID davlat elektron hukumat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Tizimga kirish uchun login mijozning STIRi hisoblanadi, parolni mijoz o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydi va kirish tugmasi orqali tizimga ulanadi. Keyin “Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza” tugmasini bosib, yangi mijozni registratsiya qilish oynasi paydo bo‘ladi. Mijozni ro‘yxatdan o‘tishi uchun, belgilangan shaklda ariza to‘ldiriladi. OneID tizimidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda dasturga kiritiladi.

"O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida axborot tizimlarining elektron hamkorligini tashkil yetish to‘g‘risida bitim imzolandi. Mijozning INNsi kiritilganda mijozning maʼlumotlari avtomatik ravishda O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi - DSQ axborot tizimidan olinadi. Mijoz yetishmayotgan maʼlumotlarni to‘ldirishi kerak.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Mijozlar va temir yo‘l o‘rtasida temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektron shartnomalar tuzish
  • opportunity icon Har oylik, o‘n kunlik yuk tashish prognozi va ularning bajarilishini doimiy monitoring qilish imkoniyati bo‘yicha so‘rovlarni shakllantirish
  • opportunity icon Arizalar holatini kuzatish va arizalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida bildirishnomalarni olish
  • opportunity icon TexPD hisob-kitob hisobvarag‘iga mablag‘larning kelib tushishini nazorat qilish va maʼlum bir stansiya uchun pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risida elektron sertifikatlar yaratish
  • opportunity icon Vagonlarni yetkazib berish to‘g‘risida bildirishnomalarni olish
  • opportunity icon Minimal vaqt sarflagan holda, mijoz tomonidan talab qilingan tashish uchun elektron transport hujjatlarini tayyorlash
  • opportunity icon Hisoblangan qo‘shimcha yig‘im va jarimalar uchun stansiya tomonidan berilgan elektron hujjatlarni olish
  • opportunity icon Texnik maʼlumotlar varag‘idagi shaxsiy hisobingiz holatini doimiy monitoring qilish
  • opportunity icon Filiallar va vakolatli vakillar uchun profil yaratish, shaxsiy hisobdan filialning shaxsiy hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish
  • opportunity icon Stansiyalarda, shu jumladan yuk tashish uchun ochiq bo‘lgan oraliq stansiyalarda marshrut bo‘ylab har bir yuk ishlari bo‘yicha barcha tijorat operatsiyalarini bajarish