solution icon
“LITSENZIYA” AXBOROT TIZIMI
Vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishini o'zida qamrab olgan tizim license.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Barcha litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Axborot tizimida quyidagilar aks ettiriladi

litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish;

vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;

vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;

arizani ko‘rib chiqish uchun davlat bojining, yig‘imlarning elektron to‘lovini amalga oshirish;

litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;

boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlar hamda axborotni mustaqil ravishda olish, shuningdek ular bilan “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha kelishish;

litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish;

litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek xabarnomalar bilan bog‘liq axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari orqali tekshirish;

litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy monitoringni amalga oshirish;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tishning har bir bosqichida arizalar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish;

litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish chog‘ida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarning sudlarga murojaat qilishi;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

vakolatli organlarning avtomatik tarzda shakllantiriladigan reytingini yuritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakatlari) ustidan nazorat qilishning muayyan mezonlarini aniqlagan holda, vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy etish.

Axborot tizimining maqsad va vazifalari

- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlari avtamatlashtirish;

- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligini taminlash;

- litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o‘tkazish;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;

- davlat xizmatlarini olishda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun xarajatlarni kamaytirish.

Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish

Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan o‘tish lozim. 
 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar olish xizmatlaridan elektron foydalanish
  • opportunity icon Axborot tizimi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan murojaatlar holatini kuzatish va xizmat ko‘rsatish natijasini yuklab olish
  • opportunity icon Arizalarni istalgan vaqtda qaytarib olish
  • opportunity icon Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalarni qayta rasmiylashtirish va o’zgartirish