solution icon
Sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portali
Portali faoliyati sport sohasidagi mavjud xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish, arizalar holatini onlayn kuzatib borish va natijasini elektron olish mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida yuritmoqda. my.sport.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Xizmatlardan foydalanishda chegirmalarning mavjudligi
  • advantage icon Elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Loyiha haqida

Sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portali – Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning nuqtasi hisoblanadi.
Sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portali yordamida uydan chiqmasdan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun elektron shaklni to‘ldirish va kerakli xizmatdan foydalanish uchun so‘rov yuborish kifoya. 
 

Portalning maqsad va vazifalari

- Sport sohasidagi mavjud xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish; 
- arizalar holatini onlayn kuzatib borish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda xarajatlarni kamaytirish.
 

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Portal xizmatlaridan foydalanish uchun (my.sport.uz) sahifasiga kirib, telefon raqam orqali ro`yxatdan o‘tish lozim.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Elektron xizmatlaridan foydalanish
  • opportunity icon Yuborilgan murojaatlar holatini kuzatish va xizmat ko‘rsatish natijasini yuklab olish
  • opportunity icon Arizalarni ko'rib chiqish holati haqida xabarnomalar olish
  • opportunity icon Doimiy monitoring qilish