solution icon
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi
Tizim aholiga respublikadagi barcha mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha aviatransport, temir yo‘l transporti, shaharlar va viloyatlararo avtobus chiptalarini tezkor qidirish imkoniyatini beradi uztrans.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati (foydali xabarlar, transport harakati jadvallari)
  • advantage icon Barcha turdagi transport harakati jadvallarini ko‘rish imkoniyati
  • advantage icon Vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining birinchi (kirish nuqtasi)
Loyiha haqida

“Uztrans.uz” axborot tizimi - fuqarolar transport sohasidagi barcha masalalar bo‘yicha savollarga javob olishlari uchun yaratilgan tizim bo‘lib, unda shaharlararo transport xizmatlaridan foydalanishdan boshlab, ruxsatnomalar berish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari yoritiladi.

Yagona interaktiv tizimning maqsad va vazifalari

-fuqarolarni transport sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish uchun yagona interaktiv portalni shakllantirish,

- avia, temir yo‘l va avtobus yo‘nalishlariga chiptalarni onlayn ko‘rish,

- barcha turdagi shikoyatlar, murojaatlar va takliflar yuborish imkoniyatini yaratish,

- respublikadagi barcha avtovokzal va avtostansiyalar reyestrini yuritish,

- sayyohlar va aholi uchun O‘zbekistondagi ommabop yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish.

Yagona interaktiv tizimdan ro‘yxatdan o‘tish

Tizimdan xabarlarni o‘qish va interakiv xizmatlar havolalari orqali davlat xizmatlari ma’lumotlarini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Transport chiptalarini sotib olish uchun boshqa tizimlardan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Avia, temiryo‘l, shaharlararo avtobuslar uchun chiptalarni ko‘rish
  • opportunity icon Sohadagi, tizim tashkilotlardagi barcha xizmatlarni ko‘rish va foydalanish
  • opportunity icon Hududlardagi ommabop yo‘nalishlar haqida turizmni rivojlantirish uchun ma’lumotlar berish
  • opportunity icon Foydalanuvchilarni sohadagi yangiliklardan xabardor qilish